Özbekistonda şifokorlar va provizorlar (yuqori malakali farmatsevt, apteka xodimi - tah.) röyxatga olinadigan Uzhealth CRM şifokorlar va farmatsevtlarning yagona elektron ma'lumotlar bazasini işlab çiqiş rejalaştirilgan. Hukumatning tegişli qarori loyihasi Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatasi tomonidan işlab çiqilgan.
Hujjatda 2021 yil 1 yanvardan boşlab Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatada röyxatdan ötmagan şifokorlar va farmatsevtlarning faoliyati taqiqlanişi belgilab qöyilgan.
Bu şifokorlar va farmatsevtlarni davlat röyxatiga olişning normativ-huquqiy va taşkiliy asoslarini şakllantiriş, şuningdek soğliqni saqlaş sohasining kadrlar salohiyati töğrisida işonçli tibbiy va statistik ma'lumotlarni töplaş hamda tahlil qiliş maqsadida amalga oşiriladi.
Şifokorlar va provizorlarni röyxatga oliş, röyxatdan ötgan şifokorlar va provizorlarning yagona elektron ma'lumotlar bazasini şakllantiriş hamda yuritiş, röyxatga olişni töxtatib turiş va tugatiş Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatasiga yuklatilgan.
Uzhealth CRM tizimini işlab çiqişni tender savdolarisiz Online Service Group (OSG) MÇJga topşiriş rejalaştirilgan.

















