5 fevral kuni Kun.uz saytida e'lon qilingan «Xatirçidagi qişloqda barça qiyinçiliklar jam: Muammolarni haşar yöli bilan eplab bölmay qoldi» sarlavhali maqolada tumandagi Navandak qişloğida yiğilib qolgan muammolar tilga olingandi.

Hududdagi elektr tarmoqlari bilan boğliq kamçiliklar yuzasidan «Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ öz munosabatini bildirdi.

«Haqiqatan ham, Xatirçi tumanining «Oltinobod» mahallasi «Navandak» qişloğida elektr ta'minoti bilan boğliq muammolar mavjud. Muammo böyiça 5 fevral kuni Xatirçi tumani elektr ta'minoti korxonasi boş muhandisi tomonidan joyiga borib örganiş işlari ötkazildi.

Örganiş davomida «Navandak» qişloği Özbekiston Respublikasi prezidentining 2016 yildagi «2017-2021 yillarda past kuçlanişli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qiliş va yangilaş dasturi töğrisida»gi qarorining 2020 yil manzilli dasturi rejasiga kiritilgani aniqlandi va bu haqda aholiga tuşuntiriş berildi.

Dastur asosida qişloqdagi aholi iste'molçilarining elektr energiyasi ta'minotini yaxşilaş maqsadida 3,2 kilometr 0,4-10 kV.li havo elektr uzatiş tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qiliş hamda 1 dona transformator punktini yangidan quriş işlari 2020 yilning uçinçi çoragida rejalaştirilgan.

Quriliş-montaj işlarini loyihalaştiriş va amalga oşiriş uçun jami 284 million söm mablağ sarflanadi», deyiladi «Navoiy hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati xabarida.