6 fevral holatiga berilgan kunlik axborotda quyidagicha ma'lumotlar keltirilgan:

«Joriy yilning 5-fevral kuni Agentlikning virusologiya laboratoriyasiga Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan 245 nafar fuqarolardan koronavirus infeksiyasi tahlili uchun namunalar keltirilib, ushbu namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmadi.

I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga joriy yilning 5 fevral kuni xorijiy davlatlardan 28 ta samolyot qabul qilindi, 3990 nafar fuqarolar sanitariya-karantin punktlarida termometriyadan o‘tkazildi.

Temir yo‘llari AJ markaziy Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga qarashli 6 ta sanitariya-karantin punktidan jami  663 nafar fuqarolar o‘tishgan, shulardan 40 nafarini xorij fuqarolari tashkil etadi. Tana harorati ko‘tarilgan bemorlar aniiqlanmagan.

Davlat chegara kesishish punktlaridagi sanitariya-karantin punktlari orqali 1585 ta avtotransportlar, 28644 nafar fuqarolar o‘tkazilgan, shulardan 14646 nafari chet el fuqarolari hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan fuqarolar ro‘yxati asosida 2912 nafar fuqarolarimiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shulardan 2188 nafarida kasallikni yashirin davri (14 kun) yakunlangani va tibbiy ko‘rik davomida hech qanday koronavirus infeksiyasi belgilari aniqlanmaganligi bois tibbiy kuzatuv ishlari yakunlandi. Bugungi kunda 724