Ushbu haftaning dam olish kunlari Yevropada bir qator markaziy o‘yinlar o‘tkaziladi. Tribuna.uz quyidagi uchrashuvlarni tomosha qilishni tavsiya qiladi.

 Germaniya Bundesligasi. 21-tur
9 fevral (yakshanba)
«BAVARIYa» – «LeYPsIG»
O‘yin boshlanish vaqti: 22:00
TV-translatsiya: «Sport»

 Germaniya Bundesligasida peshqadamlar «jangi»ga guvoh bo‘lamiz. So‘nggi ikki turda muhim ochkolarni yo‘qotgan «Leypsig» jamoasi «Bavariya»ga peshqadamlikni topshirib qo‘ydi. Myunxen jamoasi birin-ketin ochkolarni qo‘lga kiritib, yana 1-o‘ringa qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Endi esa ularda asosiy ta'qibchi bilan oradagi farqni oshirish imkoniyati bor, «Leypsig»da esa yana peshqadamlikni tortib olish imkoni mavjud. Jamoalarni bir ochkolik farq ajratib turibdi. Shunday ekan, yakshanba kungi «Alyans-arena»dagi o‘yinda jiddiy qarama-qarshilik kuzatilishi aniq. Odatda, mana shunday «katta o‘yin»larda g‘alaba qozongan jamoa chempionlik uchun katta qadam tashlagan bo‘ladi.

 O‘zaro so‘nggi 5 uchrashuv:
Leypsig – Bavariya – 1:1
Leypsig – Bavariya – 0:0
Bavariya - Leypsig – 1:0
Leypsig – Bavariya – 2:1
Bavariya - Leypsig – 2:0

 Italiya A Seriyasi. 23-tur
9 fevral (yakshanba)
«INTeR» – «MILAN»
O‘yin boshlanish vaqti: 00:45
TV-translatsiya: «Futbol TV» / «UzReport TV»

Yevropa «uik-end»ining bosh to‘qnashuv «Juzeppe Meatssi» stadionida kuzatiladi. Butun Milan ahli «San-Siro» stadioni tomon oshiqadi. Shu kuni nafaqat bu shahar, dunyo ham ikki tomonga bo‘linadi – «oq-ko‘klar» va «qizil-qoralar»ga. «Inter»ning yana chempionlik uchun kurash olib borayotgani, «Milan»ga esa shonli davrlarini eslatuvchi Zlatan Ibrahimovichning qaytishi o‘yin darajasini ko‘tarishi aniq. «Milan derbisi» millionlab muxlislarning e'tibori yana «Juzeppe Meatssi»ga qaratilishini ta'minlamoqda. Bu jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi o‘yinlarda «neradzurrilar» «rossonerilar» ustidan ustunlik qilib kelayotgan bo‘lishsa-da, Ibrahimovich sharifining o‘ziyoq bu to‘qnashuv oldidan muvozanatni tenglashtirib qo‘yadi. Bu bahsgacha tiklanishi kutilayotgan shved «Inter» himoya qo‘rg‘oni uchun jiddiy xavf sanaladi. «Inter» safida esa yana bir gigant Lukaku himoyachilar uchun qo‘rqinchli tushga aylanmoqda. Peshqadamlik uchun kurash avjiga chiqayotgan paytda Antonio Konte jamoasi ochko yo‘qotishga aslo rozi bo‘lmasa-da, «Milan» ham derbida «jang»ga kirishgandek maydonga tushishi aniq.