Soğliqni saqlaş vazirligi xodimlari koronavirus sabab Xitoydan evakuatsiya qilingan fuqarolar karantin holatida saqlanayotgan hududda bölib, bu yerdagi şaroitlar bilan tanişdi. Vazirlik matbuot xizmati Toşkent viloyati hududidagi «Böston» sanatoriysida tayyorlangan fotoreportajni taqdim qildi. 

«Xitoydan uçta charter reys orqali yurtimizga olib kelingan fuqarolar JSST tavsiyasiga köra, 14 kun (kasallikning yaşirin davri) davomida tibbiy kuzatuvga oliş maqsadida maxsus tayyorlangan muassasalarga joylaştirildi. Jumladan, «Böston» sanatoriysiga 4 fevral kuni Xitoyning Pekin şahridan olib kelingan 250 nafar fuqaro joylaşgan. Mazkur tadbirlarga tegişli tartibda kasbiy tayyorgarlikdan ötkazilgan sohaning yetakçi va tajribali mutaxassislari jalb etildi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.

«Xitoydagi nufuzli universitetda öqiyman. Koronavirus epidemiyasi tufayli, oçiği, boşida judayam xavotirlandim. Şunday qiyin paytda Prezidentimiz taşabbusi bilan charter reysi taşkil etilganini eşitib, rosti, közimdan yoş çiqib ketdi. Biz joylaşgan muassasada barça zarur şaroitlar yaratilgan, örin-joylar, oziq-ovqatlar, dori-darmonlar, diagnostika, dezinfeksiya, şaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta'minlangan. Kelgan fuqarolarning kiyimlarini sifatli yuviş uçun kirxona, tibbiy anjomlarni sterilizatsiyadan ötkaziş uçun alohida punkt va avtotransportlar uçun dezinfeksiya maydoni va dezinfeksion vositalar zaxirasi yaratilgan», – deydi navoiylik Mehriddin Zoirov.

«Darhaqiqat, tibbiy kuzatuvdagi fuqarolarimizning termometriyadan ötkazilişi, niqoblarni öz vaqtida almaştiriş va xonalarni şamollatiş hamda namli tozalaş işlari ötkazilişi malakali epidemiologlar tomonidan nazoratga olingan. Yuqumli kasalliklar şifokorlari tomonidan ikki mahal tibbiy körik ötkazilmoqda.