«Men X.B, Buxoro viloyatidanman. Novosibirsk-Buxoro yönalişida kelgan edim. Aeroportda yuklarim yöqoldi. Lekin meni eşitişni xohlaşmayapti».
«Men S.N, 61 yoşdaman. Turkiya Respublikasiga sayohat uçun borgandim, qaytişda Özbekiston aeroportining yuk qabul qiliş lentasida mening yuklarim yöqligi aniqlandi.
Men kabi yuklarini yöqotgan yölovçilar ançagina ekan. Bunday holatlar qaçon bartaraf etiladi? Kim bu holatni tartibga soladi va yetkazilgan zararni qoplab beradi?»
Kun.uz saytiga şu mazmunda bir neçta xat kelib tuşdi. Ular orasida yuklari yöqolganda kimga murojaat qilişni va uni qanday topiş mumkinligini bilmaganlar ham bölişi ehtimoldan yiroq emas.
Birinçi bölib şuni aytiş kerakki, parvozlarda yuklarning yöqolişi amaliyotda uçrab turadigan holat va xalqaro aviatsiya huquqida bu masalaga yeçim belgilangan. Şunday ekan, samolyotga çiqar ekansiz, kerakli huquqiy ma'lumotga ega böliş foydadan xoli bölmaydi.
Yuk yöqolsa, kim topib beradi?
«Uzbekistan Airways» kompaniyasi ma'lumotiga köra, aeroportga uçib kelib, bagaj olinadigan joyda öz yukini topa olmagan yölovçi «Lost & Found» bölimiga murojaat qilişi lozim.
Bu yerda murojaatçi uçun dalolatnoma tuziladi (xalqaro tilda «Property Irregularity Report» deb yuritiladi) va xalqaro World Tracer tizimiga qidiruv haqida ma'lumot kiritiladi.
Agar yuk 21 kun içida topilmasa, yölovçi yetkazilgan zararni qoplaş böyiça aviataşuvçi nomiga rasmiy da'vo arizasi beriş zarur.
Xalqaro qonunçilikka muvofiq, 1 kg yuk uçun kamida 20 dollar kompensatsiya tölanadi.
Bu kabi holatlarda yölovçilarning yuklariga javobgarlik aviakompaniyaning normativ hujjatlari, xalqaro hujjatlar (Varşava hujjatlar tizimi) va Özbekiston Respublikasi Havo kodeksiga asoslanib tartibga solinadi.
Har yili qança yuk manzilidan adaşadi?
Aeroport industriyasidagi Xalqaro informatsion texnologiya kompaniyasi –SITA ma'lumotiga köra, 2019 yilda manzilidan adaşgan va yöqolgan yuklar foizi oxirgi 3 yilda 5,7 foizga kamaygan.

















