Past Darg‘om tuman «Vatanparvar» tashkilotining so‘kong‘ich rahbariga hayfsan qo‘llandi
7 fevral kuni Past Darg‘om tumani «Vatanparvar» tashkiloti rahbari qo‘l ostidagi xodimini haqoratlagani haqida material e'lon qilingan edi.
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Samarqand viloyat kengashi tahririyatga holat yuzasidan rasmiy munosabat yo‘lladi.
«Vatanparvar» tashkiloti Samarqand viloyat kengashining buyrug‘iga asosan Past Darg‘om tuman o‘quv sport texnika klubi xodimlar bo‘yicha inspektori Choriyeva Farzona 2020 yil 3–7 fevral kunlari Toshkent shahridagi «Vatanparvar» tashkiloti kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash Markaziga o‘qishga yuborilishi lozim edi.
F.Choriyeva xizmat safari xarajatlarini oldindan to‘lab berishni so‘rab Past Darg‘om tuman o‘quv sport texnika klubi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi F.Javbo‘riyevga murojaat qilgan. F.Javbo‘riyev F.Choriyeva xizmat safariga borib kelgandan so‘ng, xizmat safari xarajatlarini tegishli hujjatlar asosida to‘lab berishini aytgan. Shundan so‘ng, rahbar va xodim o‘rtasida nizo kelib chiqqan.
Ushbu holat yuzasidan viloyat kengashi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Yakunda F.Javbo‘riyevning xodimiga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lib muomala madaniyati chegarasidan chetga chiqqani, F.Choriyevani xizmat safariga yuborish to‘g‘risidaga buyruq chiqarilgan bo‘lsa-da, asossiz ravishda yubormagani, xodimga xizmat safariga ketishdan oldin kundalik, yo‘l xarajatlari, turar joyni ijaraga olish xarajatlari chegarasida pul ko‘rinishidagi avans (bo‘nak) to‘lab bermagani aniqlanib, unga nisbatan «hayfsan» intizomiy jazosi qo‘llandi», — deyiladi O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Samarqand viloyat kengashining Kun.uz tahririyatiga yo‘llangan rasmiy munosabatida.
Shuningdek, Kun.uz saytida mazkur holat yuzasidan e'lon qilingan maqola «Vatanparvar» tashkiloti markaziy kengashi va Samarqand viloyat kengashi yig‘ilishlarida qisqa muddatda muhokama qilinib, ushbu holatga tegishli tartibda huquqiy baho berilishi va yakuniy natijasi bo‘yicha tahririyatga axborot taqdim etilishi ham bildirilgan.
Mavzuga oid
17:02 / 14.09.2024
Maktab o‘quvchilari orqali fuqarolarga eslatma-xat yo‘llagan soliqchilarga hayfsan berildi
20:07 / 15.05.2024
Xandaqqa qulagan uy. Nega bunday bo‘ldi?
17:45 / 15.05.2024
Samarqandda kotlovan noto‘g‘ri qazilishi oqibatida qo‘shni uy qulab tushdi
22:09 / 23.11.2023