7 fevral kuni keçqurun Jambil oblasti Masanchi qişloğida qozoqlar va döngonlar örtasida mojaro kelib çiqqandi. Mojaroga mahalliy döngonlar qozoğistonlik qariyani kaltaklaşi sabab bölgani aytilgan. 

Dastlabki xabarlarda Kordaydagi tartibsizliklar vaqtida mingga yaqin kişi iştirok etgani, 8 kişi halok bölib, 137 kişi jarohatlangani, ulardan 37 nafari şifoxonaga yotqizilgani, 9 kişi oğir ahvolda qolayotgani aytilgandi.

Qozoğiston Içki işlar vazirligi ma'lumotlariga köra, hodisa oqibatida 30dan ortiq uy, 15ta savdo obekti hamda 23ta avtomaşinaga zarar yetkazilgan.  

Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev tartibsizliklardan söng hududda vaziyat barqarorlaşganini ma'lum qildi. U mojaroning avj olişiga sababçi bölgan iğvogarlar javobgarlikka tortilişi, «fojiaga yöl qöygan davlat idoralari xodimlari jazolanişi»ni ta'kidlab ötgan. Biroq u aynan qaysi tuzilmalar xodimlari jazolanişiga aniqlik kiritmagan. 

Qozoğiston boş vaziri Askar Mamin Jambildagi hodisa oqibatlarini bartaraf etiş böyiça hukumat komissiyasi tuzişga farmoyiş bergan.

Odatiy muştlaşuv yoki etnik nizo?

TENGRINEWS/SHOKAN ALKHABAYEV VIA REUTERS

Töqnaşuv juma kuni keçqurun etnik ozçilik hisoblangan döngonlar yaşovçi Masanchi qişloğida röy bergandi. Politsiyaçilar töqnaşuvda qatnaşgan 47 kişini qölga olgan, ulardan ov miltiqlari musodara qilingan.

Qozoğiston hukumati hodisada maişiy janjalni etnik nizoga aylantirişga harakat qilgan iğvogarlarni aybladi. Hozirça janjalning asl sababi aniq emas.

Qozoğiston Içki işlar vaziri Turgumbayevning sözlariga köra, nizoda avvaliga 70 kişi qatnaşgan. «Provokatorlar va guvohlar janjalni videoga olib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan va boşqa odamlarni qonunga zid harakatlarni amalga oşirişga çaqirgan. Bu esa ziddiyatning eskalatsiyasiga olib kelgan… Qöşni qişloqlardan yuzlab kişi kelib janjalga qöşilgan», - deyilgan vazirlik ma'lumotida.