2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, 2020 yil davomida amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda:

2020 yildan paxta va g‘alla ishlab chiqarish hajmlarini davlat tomonidan tasdiqlashdan voz kechish;

paxta va g‘alla xarid narxini davlat tomonidan belgilash amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechish;

salohiyatli tashabbuskorlarni tanlab olish va faoliyatini yo‘lga qo‘yishda har tomonlama ko‘maklashish;

klasterlar va mahsulot yetishtiruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni takomillashtirish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zdonmahsulot”AK, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari.