Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolarga Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqi beriladi
O‘zbekistonda normativ-huquqiy hujjatlar va ularning rasmiy sharhi yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaatlar qilish tartibi soddalashtiriladi, uning sub'yektlari doirasi kengaytiriladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilishicha, 2020 yil 1 avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihada:
Qonunchilik palatasi deputati, Senat a'zosi va Konstitutsiyaviy sud sudyasi tomonidan individual tartibda Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish tartibini belgilash;
Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqish uchun masalalar kiritish huquqiga ega bo‘lgan sub'yektlar qatoriga jismoniy va yuridik shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlarini kiritish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas'ullar - Konstitutsiyaviy sud, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari.
Mavzuga oid
15:45 / 19.02.2026
O‘zbekistonda avtobanlar tashkil etish vazifasi davlat dasturiga kiritildi
16:46 / 17.02.2026
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
17:47 / 16.02.2026
Pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi kiritiladi - Davlat dasturi
17:38 / 16.02.2026