2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.
2020 yil 1 iyunga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada ichki bozorda sotgan mahsuloti bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibini belgilash nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas'ullar - Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi.















