Uning fikriça, bu işni talabalar orasida sörovnoma ötkaziş orqali amalga oşiriş zarur.

Senator bu haqda 12 fevral kuni Toşkentda ötkazilgan seminarda aytib ötdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib ötamiz, davlat rahbari parlamentga murojaatnomasida oliy ta'limda mutaxassislikka aloqasi bölmagan fanlar ikki barobar qisqartirilişini aytgan edi.

Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutida bölib ötgan tadbir «Özbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yönalişlar: yoşlarning ma'naviy va ma'rifiy saviyasini doimiy yuksaltiriş – birinçi darajali vazifamiz» mavzusida taşkil etildi.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Unda söz olgan Baxtiyor Sayfullayev talabalarning ma'naviy-ma'rifiy saviyasini yuksaltiriş böyiça quyidagi takliflarni ham ilgari surdi:

  • institutda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirişga qaratilgan «Eng yaxşi kitobxon talaba», «Eng yaxşi kitobxon öqituvçi», «Eng yaxşi kitobxon guruh» kabi tanlovlarni taşkil etib, faol talaba va öqituvçilarni taqdirlaşni yölga qöyiş;
  • talabalar iştirokida şarq allomalari hayoti va boy ma'naviy merosiga bağişlangan anjumanlarning birinçisini Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutida taşkil etiş;
  • Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda «Madaniyat va ma'rifat» telekanalida «Talaba minbari» nomli körsatuv taşkil etib, talabalarning uşbu minbarda mamlakatda sohaga doir olib borilayotgan islohotlar va bu borada institutda amalga oşirilayotgan işlar xususida çiqişlar qilişi;
  • institutning iqtidorli talabalaridan tuzilgan jamoalarning «Mehribonlik uylari»ga doimiy ijodiy safarlarini uyuştirişni yölga qöyiş.
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Eslatib ötamiz, Baxtiyor Sayfullayev uçun Özbekiston davlat san'at va madaniyat instituti begona emas – u 2012-2017 yillarda uşbu OTM rektori sifatida işlagan. 2017 yildan Madaniyat vaziri bölgan Sayfullayev 2020 yil boşida prezident farmoni bilan senator etib