O‘zbekiston | 12:13 / 12.02.2020
5336
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 16ta yangi mini GES quradi va 4ta GESni modernizatsiya qiladi

Hududlarda ishlab chiqarish va injyenerlik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, bunga respublika va mahalliy budjetlarning prognozdan yuqori tushumlarining yarmini yo‘naltirish ko‘zda tutilgan

Foto: Igor Ageyenko

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, yil davomida amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda:

respublika va mahalliy budjetlarning prognozdan yuqori tushumlarining yarmini infratuzilma obektlarini rivojlantirishga yo‘naltirish;

mazkur mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladigan infratuzilma obektlarining manzilli ro‘yxatini ishlab chiqib, mahalliy kengashlar tomonidan tasdiqlanishini ta'minlash;

1042,1 km ichimlik suvi tarmoqlari, 86 km umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, 2833,3 pogon metr ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlari, 279,5 km irrigatsiya tizimi, 515 km meliorativ kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va modernizatsiya qilish;

umumiy quvvati 127,2 MVt bo‘lgan yiliga o‘rtacha 534,1 mln. kVt.soat elektr energiya ishlab chiqaruvchi 16 ta yangi mini GESlarni qurish va 4 ta GESni modernizatsiya qilish;

2020-2022 yillarda yo‘l qurilishiga 9,8 trln. so‘m, suv tarmoqlariga - 4,6 trln. so‘m, elektr tarmoqlariga - 18,2 trln. so‘m, tabiiy gaz ta'minotiga - 1,2 trln. so‘m mablag‘ ajratish;

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Hisob palatasi ishtirokida ushbu mablag‘larning maqsadli va samarali ishlatilishini joylarga borib o‘rganish tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va tashkilotlar, Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Hisob palatasi Hisob-kitoblarga asosan Respublika va mahalliy budjetlarning prognozdan yuqori tushumlari.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid