Sportning Olimpiya va Paralimpiya, shu jumladan parataekvondo bo‘yicha 2019 yil 3-8 fevral kunlari Antaliya shahrida (Turkiya), og‘ir atletika bo‘yicha 2019 yil 14-28 sentabr kunlari Pattayya shahrida (Tailand), parasuzish bo‘yicha 2019 yil 16-22 sentabr kunlari London shahrida (Buyuk Britaniya), parayengil atletika bo‘yicha 2019 yil 7-15 noyabr kunlari Dubay shahrida (BAA) bo‘lib o‘tgan jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan quyidagi sportchilar:
Husniddin Norbekov - parayengil atletika bo‘yicha yadro uloqtirish yo‘nalishida birinchi o‘rinni (oltin medali) egallagani uchun 12 000 AQSh dollari;
Bobirjon Omonov - parayengil atletika bo‘yicha yadro uloqtirish yo‘nalishida birinchi o‘rinni (oltin medali) egallagani uchun 12 000 AQSh dollari;
Doniyor Soliyev - parayengil atletika bo‘yicha uzunlikka sakrash yo‘nalishida birinchi o‘rinni (oltin medali) egallagani uchun 12 000 AQSh dollari;
Shohsanam Toshpo‘latova - parasuzish bo‘yicha batterflay 100 metr yo‘nalishida birinchi o‘rinni (oltin medali) egallagani uchun 12 000 AQSh dollari;
Bekjon Chevarov - parayengil atletika bo‘yicha uzunlikka sakrash yo‘nalishida birinchi o‘rinni (oltin medali) egallagani uchun 12 000 AQSh dollari;
Islom Aslanov - parasuzish bo‘yicha erkin 50 metr, erkin 100 metr hamda batterflay 100 metr yo‘nalishlarida ikkinchi o‘rinni (kumush medali) egallagani uchun 18 000 AQSh dollari;
Sofiya Burhonova - parayengil atletika bo‘yicha yadro uloqtirish yo‘nalishida ikkinchi o‘rinni (kumush medali) egallagani uchun 6 000 AQSh dollari;
Timur G‘iyosov - parayengil atletika bo‘yicha balandlikka sakrash yo‘nalishida ikkinchi o‘rinni (kumush medali) egallagani uchun 6 000 AQSh dollari;
Akbar Jo‘rayev - og‘ir atletika bo‘yicha 109 kg vaznda ikkinchi o‘rinni (kumush medali) egallagani uchun 6 000 AQSh dollari;
Firdavs Musabekov - parasuzish bo‘yicha brass 100 metr yo‘nalishida ikkinchi o‘rinni (kumush medali) egallagani uchun 6 000 AQSh dollari;
Guljanoy Naimova - parataekvondo bo‘yicha 58 kg vaznda ikkinchi o‘rinni (kumush medali) egallagani uchun 6 000 AQSh dollari;
Nozimaxon Qayumova - parayengil atletika bo‘yicha nayza uloqtirish yo‘nalishida uchinchi o‘rinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSh dollari;















