Vazirlar Mahkamasining “Samarqand shahrining 2040 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Samarqand shahrining 2040 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasi tasdiqlanadi.
Quyidagilar:
Samarqand viloyati hokimligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishilgan Samarqand shahrining 2040 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasining asosiy yechimlari;
Samarqand shahar bosh rejasining texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlari tasdiqlanadi.
Samarqand viloyati va Samarqand shahri hokimliklari tasdiqlangan shahar bosh rejasiga muvofiq:
a) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarga mo‘ljallangan qurilish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish istiqbollarini rejalashtirishni hisobga olgan holda 2040 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan Samarqand shahrini kompleks qurish Dasturi loyihasini ishlab chiqadilar va Vazirlar Mahkamasiga kiritadilar;
Samarqand shahrining tasdiqlangan bosh rejasi asosida, Samarqand shahri chegara chizig‘i loyihasini Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
b) manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda quyidagilarni ta'minlaydilar:
shahar yerlaridan maqsadsiz foydalanishga va noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan qat'iy nazorat o‘rnatish yo‘li bilan ulardan samarali foydalanish;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va magistral ko‘chalar, yo‘l o‘tkazgichlar va avtobekatlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlashni hisobga olgan holda yo‘l-transport infratuzilmasi tizimini takomillashtirish;
energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan suv ta'minoti, kanalizatsiya, irrigatsiya, elektr ta'minoti, gaz ta'minoti, issiqlik ta'minoti va telekommunikatsiyalar obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish yo‘li bilan muhandislik-kommunikatsiya tuzilmasini modernizatsiya qilish;















