Samolyot ekipaji qiyofasida keskin özgarişlar 15 yil içida birinçi marta sodir böldi. Kiyimlardagi asosiy rang quyuq akvamarin va terrakota ranglaridir. Qizlar uçun ikki xil rangli yangi töplam taqdim etilgan. Pidjakning astarlari terrakota rangida bölib, logotip tasviri tuşirilgan. Aksessuarlar sifatida boş kiyim, matoli va çarm qölqoplar, soç turmagi yaratiş uçun matoli elastik tasmasi va ikki xil rangdagi böyin şarflari kiritilgan. Bezaklar şarqona uslubda yaratilgan. Qişki yomğirpöş-paltosi yeçib olinadigan izolyatsiyalangan astarga ega.

Erkak-bortkuzatuvçi xodimlari uçun töplam quyuq kulrang rangdagi uç qismli kostyum körinişida, quyuq akvamarin bezaklari bilan taqdim etiladi. Boş kiyim töq kul rangda kumuş bezak bilan bezatilgan.

Uçuvçilar uçun kostyumlar oldingi rangida qoldirilgan. Brendli tugmalar va eksklyuziv galstuklar yaratildi.

Mato turli iqlim şaroitlarini hisobga olgan holda tanlangan.

Qayd etilişiça, loyihada mahalliy va xorijiy ekspertlar iştirok etişgan. Matolarni tanlaş va asosiy töplamning birinçi partiyasini tikiş Turkiyaning Dress Best Uniforms kompaniyasi tomonidan amalga oşirildi, ular Turkish Airlines (partial), Fly Dubai, Albaniya Airlines, Flyas aviakompaniyalari bilan iş olib borişgan.