Ushbu haftaning dam olish kunlari Yevropada bir qator shiddatli o‘tishi kutilayotgan markaziy o‘yinlar kutib turibdi. Tribuna.uz quyidagi eng muhim to‘rt qarama-qarshilikni o‘tkazib yubormaslikni tavsiya qiladi.
Ispaniya La Ligasi. 24-tur
15 fevral (shanba)
«BARSeLONA» - «XeTAFe»
O‘yin boshlanish vaqti: 20:00
TV-translatsiya: «Futbol TV» / «UzReport TV»
Ispaniya chempionatining 24-turidagi markaziy o‘yini maqomini «Valensiya» - «Atletiko» bahsidan tortib olgan o‘yin «Barselona» - «Xetafe» bahsidir. Mehmon jamoaning oldingi mavsumlarda «Kamp Nou»dagi safari oddiy o‘yindek o‘tgan bo‘lsa, bu safargi tashrif Kike Setyan jamoasini hadiqda ushlab turibdi. Har holda Barselonaga La Liga doirasidagi so‘nggi to‘rt o‘yinda 4 g‘alabaga erishib, o‘z darvozasidan gol o‘tkazmagan «Xetafe» kelmoqda. Poytaxt Madrid yaqinida joylashgan Xetafe shahri jamoasi mavsum kashfiyoti sifatida 3-o‘ringa chiqib oldi va endi nafaqat geografik jihatdan, turnir jadvalida ham Xetafe jamoasi peshqadam Madridga yaqinlashdi. Xetafeliklar Kataloniyaga sayrga kelmasliklari aniq. Mezbonlarning tarkibdagi muammolariga qaramay, «Kamp Nou»dagi 2 va 3-o‘rinlarni egallab turgan klublar o‘rtasidagi bahs murosasiz o‘tishi aniq.
O‘zaro so‘nggi 5 uchrashuv:
Xetafe – Barselona – 0:2
Barselona – Xetafe – 2:0
Xetafe – Barselona – 1:2
Barselona – Xetafe – 0:0
Xetafe – Barselona – 1:2
Italiya A Seriyasi. 24-tur
15 fevral (shanba)
«ATALANTA» - «ROMA»
O‘yin boshlanish vaqti: 00:45
TV-translatsiya: «Futbol TV» / «UzReport TV»
Nafaqat Italiya, balki Yevropaning ham eng quvnoq jamoalaridan biriga aylangan «Atalanta» klubi bu turda turnir jadvalida o‘zidan bir pog‘ona pastda borayotgan «Roma»ga qarshi saf tortadi. Bergamoliklar sermahsullikda A Seriyada tengsiz jamoa bo‘lib turgan bo‘lsa, Rim klubi «Yuventus»ga mag‘lub bo‘lgach, haligacha o‘ziga kela olmadi. So‘nggi ikki turda ham «Roma» ochko yo‘qotdi, shunga qaramay o‘z o‘rnini boy bergani yo‘q. Bu bahs rimliklar uchun o‘ziga kelish imkonini beradi. Aksincha holat kuzatilib, «Atalanta» «bo‘rilar»ni ham ayamasa, mehmonlar Chempionlar ligasiga yo‘llanma beradigan o‘rinlardan uzoqlashishi hech gap emas. Shunday ekan, aynan ushbu bahsda YeChLning yangi mavsumida Italiyaning 4-klubi kim bo‘lishi amalda oydinlashsa, ajabmas.
















