«Muzokaralar olib borilyapti». Ilhom Ne'matov qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish masalasi haqida gapirdi
O‘zbekiston qo‘shni mamlakatlarda tahsil olayotgan talabalarning o‘qishini mamlakatga ko‘chirish bo‘yicha Qozog‘iston, Qirg‘iziston bilan muzokaralar olib boryapti
Toshkent shahrida Tashqi ishlar vazirligi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda vazir birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
I. Ne'matovning aytishicha, qo‘shni mamlakatlarda tahsil olayotgan talabalarning o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha Qozog‘iston, Qirg‘iziston bilan muzokaralar olib borilyapti.
“Chet ellarda o‘qiyotgan fuqarolarning [o‘qishini] O‘zbekistonga ko‘chirish jarayonida siyosiy ma'no, siyosiy omil mutlaqo yo‘q.
Ilgari Oliy ta'lim vazirligi chet elda o‘qiyotgan fuqarolarimizga [yiliga] bir marta, yozda ko‘chirishga ruxsat berardi. Bu yil ota-onalarning talablaridan kelib chiqib, qishda ham rozilik berildi.
OAVda [bu bo‘yicha xabarlar] tarqatilganidan keyin... va undan oldin Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondagi elchixonalar, konsullik bo‘limlari – hammalari muzokaralar olib borishyapti.
Bu juda og‘ir masala. Qozog‘istoning Chimkentida 7-10 mingdan ortiq fuqarolarimiz o‘qiydi. Qozog‘istonda juda ko‘p. Qirg‘iziston, Tojikistonda ham xuddi shunday. Elchilar bilan men o‘zim gaplashyapman. Ular shug‘ullanib, ana shu universitet, oliy o‘quv yurtlari rektorlari, oliy ta'lim vazirlari bilan muzokaralar olib borishyapti.
Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘istonda qonun borki, birinchi semestrni yoki birinchi kursni tamom qilmasdan turib, ko‘chirish mumkin emas. Yoki bo‘lmasa, oxirgi kursni ko‘chirish mumkinmas. Shunday holatlar borki, masalan, talabalar o‘qishni boshlaganidan keyin bir yilga pul to‘lab qo‘yadi. O‘qish yarmiga kelganidan keyin pulini qaytarib bermaydi-ku. Shuning uchun mana shu muammolar bor. Hozirgi kunda muzokaralar olib borilyapti. O‘ylaymanki, muzokaralar natijasida bu muammolar hammasi hal bo‘ladi”, - deya Ilhom Ne'matovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
«Muzokaralar olib borilyapti». Ilhom Ne'matov qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish masalasi haqida gapirdi«Muzokaralar olib borilyapti». Ilhom Ne'matov qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish masalasi haqida gapirdi ➥ Batafsil: https://kun.uz/33357735
Posted by Kun.uz on Friday, February 14, 2020
Avvalroq, qo‘shni davlatlardan o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha muddat joriy yil 15 martgacha uzaytirilgani xabar qilingandi.
Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishlarini qo‘shni davlatlardan O‘zbekistonga ko‘chirish masalalarida qo‘shni respublikalar OTMlari tomonidan turli bahonalar bilan to‘siqlar qo‘yilishi noto‘g‘riligini aytdi.
Mavzuga oid
15:10 / 19.11.2024
Ayrim bitiruvchilarga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi
12:52 / 07.11.2024
O‘qish maqsadida chet elga ketgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
23:00 / 08.10.2024
Putin o‘zbekistonlik diplomat Ilhom Ne’matovni orden bilan taqdirladi
10:44 / 28.09.2024