2020 yil 10 fevral kuni soat taxminan 21:00da Çortoq-Kalişox-Hazratşoh 4R-119 avtomobil yölining Çortoq tumani Tinçlik köçasidan ötgan 20-km.da noma'lum avtomaşina haydovçisi yölning öng çetida harakatlanib ketayotgan piyoda 62 yoşli O.Q.ni urib yuborib, hodisa joyidan yaşiringan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, oqibatda O.Q. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida uşbu jinoyatni Çortoq tumanida yaşovçi 27 yoşli M.A. özining boşqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomaşinasida sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Çortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) va 117-moddasi 2-qismi (Xavf ostida qoldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

















