Içki işlar vazirligi Axborot xizmati şu kabi holatlarga misollar keltirib, fuqarolarni ogohlikka çaqirdi.

Birinçi misol

2019 yil 15 dekabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Beruniy tumanida yaşovçi fuqaro M.B.ning uyali telefonidagi «Telegram» tarmoğining «Jesco aksiyasi» guruhidan unga «Siz 75 ming söm pul yutdingiz, pulni telefon raqamingizga taşlab beramiz» degan SMS xabari keladi.

Bu xabar orqali M.B.ning telefon raqami va plastik karta raqami aniqlanadi. Biroq uning plastik kartoçkasiga pul mablaği tuşmaydi, aksinça, 868 ming söm yeçib olinadi.

Ikkinçi misol

Farğona viloyatining Farğona tumanida yaşovçi fuqaro B.A. tuman IIB boşliği nomiga ariza bilan murojaat qilib, öz arizasida joriy yilning 11 yanvar kuni noma'lum şaxs soat taxminan 21:15larda öziga tegişli bölgan plastik kartoçkasidan ma'lum miqdordagi pulni noqonuniy yöl bilan yeçib olgani, noma'lum şaxsni aniqlab unga qonuniy çora körişni söragan.

Olib borilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida ma'lum bölişiça, fuqaro B.A. 11 yanvar kuni soat 21:11larda Samarqand şahridagi xonadonida bölgan vaqtida öziga tegişli oşxona mebelini sotiş maqsadida uning suratini internet dökoniga joylaştiradi.

Köp ötmay, unga Rossiya Federatsiyasiga tegişli abonent raqamidan qönğiroq böladi. Notaniş kişi B.A.ga oşxona mebelini sotib olişini, pulni esa plastik kartaga ötkazib berişini aytib, undan plastik kartoçkasining seriya raqami va sms xabaridagi kodni söraydi. Tabiiyki, begonaga işongan fuqaro çuv tuşadi – uning plastik kartasidan jami 1.442.000 söm pul mablaği yeçib olinadi.

Hozirda har ikkala holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.