Azizbek Ikromov yangi lavozimga tayinlandi
General-mayor Azizbek Ikromov Ichki ishlar vazirligida o‘z lavozim va vazifalarini saqlab qolgan holda, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari vazifalarini ham bajaradi.

Foto: Kun.uz
Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Ikromov zimmasiga yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari vazifasi ham yuklatildi.
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, 19 fevral kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilishda Azizbek Ikromovga yangi tashkil etilgan Mahalla va oila masalalari vazirligiga vazir o‘rinbosari vazifasini bajarish yuklangan.
U bir vaqtning o‘zida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidagi faoliyatini ham davom ettiradi.
Ichki ishlar vazirligi tizimida xizmat qilgan general-mayor Azizbek Isroilovich Ikromov 2017 yildan Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan, 2019 yil noyabrida esa Ichki ishlar vaziri o‘rinbosariga aylangandi.
18 fevral kuni «Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan O‘zbekistonda yangi vazirlik - Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tuzildi.
Shu kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Mahalla» xayriya jamoat fondi raisi Rahmat Mamatov Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimiga nomzod sifatida ma'qullandi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025
IIVda axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi tugatildi, yangi departament tuzildi

11:24 / 06.05.2025