Fuqaro 2019 yil 18 noyabr kuni uşlangan, ammo tergov jarayonida yetkazilgan zararni töliq qoplaganligi sababli ehtiyot çorasi almaştirilgan va jinoyat işi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan

2019 yil 25 oktabr kuni Qarşi şahar IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan firibgarlik holati yuzasidan 53 yoşli F.A.ga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. 

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, F.A. 37 yoşli Ş.Ç.ning (ayol) işonçiga kirib, unga 32.000.000 söm evaziga har biri 6 sotixdan bölgan ikkita yer maydonini sotişni va'da qilib, faqat bir yer maydonini 16.000.000 söm evaziga sotib, ikkinçi yer maydonini sotmasdan, 8.200.000 sömini qaytarib, qolgan pullarni öz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Bundan taşqari, şunday aldov yöli bilan 60 yoşli A.A.ni ham aldab, 16.000.000 söm evaziga 6 sotix yer maydonini sotişni va'da qilib, pullarni olib va'dasini bajarmasdan pullarni öz ehtiyojiga işlatib yaşiringan. 

Şu sababli, 2019 yil 6 noyabr kuni F.A.ga nisbatan qidiruv e'lon qilingan. Körilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida F.A. 2019 yil 18 noyabr kuni uşlangan, ammo tergov jarayonida yetkazilgan zararni töliq qoplaganligi sababli unga nisbatan tanlangan "qamoqqa oliş" ehtiyot çorasi “munosib xulq-atvorda böliş haqida tilxat” ehtiyot çorasiga almaştirilgan va jinoyat işi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.

2020 yil 20 yanvar kuni jinoyat işlar böyiça Qarşi tumani sudi tomonidan F.A. aybdor deb topilib, yetkazilgan zarar qoplanganligini inobatga olgan holda unga 10 oy 24 kun axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.