Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligida ma'lum qilindi

Litva delegatsiyasi tarkibiga Litva Seymining O‘zbekiston Oliy Majlisi bilan Parlamentlararo hamkorlik guruhi raisi Valerius Simulik, Litva ta'lim, fan va sport vaziri o‘rinbosarlari Valdemaras Razumas va Korneliya Tisniyesite, parlament a'zolari, ilmiy va jamoatchilik doiralari vakillari kiradi.    

Litva delegatsiyasining tashrifi davomida mehmonlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq ta'limi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi rahbariyati bilan hamda Toshkent shahri va Samarqand viloyati hokimliklarida uchrashuvlar o‘tkaziladi. 

Shuningdek, xorijiy davlat delegatsiyasi Toshkent va Samarqand shaharlarida EDUFAIR Education and Career Exhibition 2020 xalqaro namunali ko‘rgazmada ishtirok etadi.