Bugun, 21 fevral kuni Samarqand viloyat hokimligida oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining uchinchi sessiyasi o‘tkazildi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, sessiya kun tartibida Samarqand viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i va boshliq o‘rinbosarlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

Ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining maslahatchisi Rustam Qosimov chiqish qildi.

Foto: Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati

Sessiyada deputatlar tomonidan yangi tashkil etilgan boshqarmaga quyidagi tarkibda boshliq va uning o‘rinbosarlari tasdiqlandi:

Umarov Asqar Narziyevich — viloyat hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i;

Foto: Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati

Alimova Gavhar Zoyirovna — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari;

Foto: Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati

Xalimov Akram Hamidovich — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining xavfsiz mahalla faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari;

Foto: Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati

Normurodov Hasan Norbekovich — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari.

Foto: Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati