«Bunyodkor» bu mavsum çempionat va kubok bahslarida ijobiy natijalarga erişiş orqali Osiyo Çempionlar ligasiga çiqişni maqsad qilgan.
Klub boş direktori Uluğbek Mirzayev mavsumoldi tayyorgarlik, Xurşid Ğiyosovning transferi, Jasur Jaloliddinovga Yevropa klublaridan takliflar bölayotgani haqida gapirib ötdi.

«OÇL saralaşida iştirok etişimiz bois 16 dekabrdan maşğulotlarga kirişdik. Şu kungaça jami 17ta örtoqlik öyini ötkazdik. Bu bahslarda natijaga katta e'tibor qaratganimiz yöq. Himoyada ba'zi muammolarimiz borligi közga taşlandi. Murabbiylar bundan töğri xulosa çiqarişadi, deb öylayman.
5 nafar asosiy futbolçimizni yöqotdik: Xurşid Ğiyosov («Anyang», Janubiy Koreya), Javohir Qahramonov («Söğdiyona»), Sanjar Tursunov (OKMK), Şohruh Gadoyev («Keşli», Ozarbayjon), Murod Zuhurov (futbolçilik faoliyatini yakunladi).

Yöqotişlar örnini Humoyun Murtazoyev («Maş'al»), Sardor Abduraimov («Maş'al»), Bahodir Pardayev («Metallurg»), Ğulomhaydar Ğulomov (OKMK), Sarvar Karimov («Qöqon-1912»), Davron Ergaşev («Xöjand», Tojikiston), Selim Nurmurodov («Oltin asr», Turkmaniston) kabi mahoratli öyinçilar bilan töldirdik.
Xurşid Ğiyosovning Janubiy Koreyaning «Anyang» klubiga ötişidan heç qanday moddiy manfaat körmadik. Çunki Xurşidning şartnomasi muddati yakuniga yetgan edi.

Jasur Jaloliddinov 18 yoşga tölmagunça xorij klubi bilan şartnoma imzolay olmaydi. Unga Italiyaning «Benevento» va boşqa jamoalaridan, Germaniya klublaridan takliflar bor. Şuningdek, yarimhimoyaçiga Moldovaning «Şerif» klubidan qiziqiş böldi. Kutamiz. Qoniqarli taklif bölsa, futbolçining özi va murabbiylar bilan maslahatlaşib, uning Yevropa jamoasiga ötişiga imkon yaratamiz.






















