Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Xöjaobod tuman bölimi tomonidan tuman tibbiyot birlaşmasida budjet mablağlarini maqsadli sarflanişi yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.
Boş prokuratura xabariga köra, unda birlaşmaning pullik xizmat bölimi mansabdor va moddiy javobgar şaxslari 2018-2019 yillar davomida pullik xizmat bölimiga tibbiy körikdan ötiş uçun murojaat qilgan 4905 nafar fuqarolar tomonidan tölangan pul mablağlarini bölim ğaznasiga kirim qilmay, jami 281,9 mln. sömni özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Xöjaobod tuman tibbiyot birlaşmasi mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

















