21-23 fevral kunlari Germaniyaning Dyusseldorf şahrida dzyudo böyiça "Katta Dubulğa" turniri ötkazildi.
Unda iştirok etgan özbekistonlik polvonlar sönggi kungi bahslarda ikkita oltin medalni qölga kiritdi.
Musobaqada -90 kg vazn toifasida qatnaşgan Davlat Bobonov finalda ukrainalik Kuyedjau Nabaliga qarşi tatamiga çiqdi va raqibini ippon bahosi bilan mağlub etdi. Dyusseldorf turnirining oltin medali sohibiga aylandi.


Bungaça Bobonov Tojikiston, Qozoğiston, ikki nafar Gruziya va Kuba vakillarini mağlubiyatga uçratgandi.

Ikkinçi oltin medalni -100 kg vaznda qatnaşgan Muhammadkarim Xurramov qölga kiritdi. Xurramov hal qiluvçi bellaşuvda ozarboyjonlik Elmar Gasimovni mağlub etişning uddasidan çiqdi.


Turnir yakuniga köra özbekistonlik dzyudoçilar umumjamoa hisobida uçinçi örinni egallagan.















