Paduya yaqinidagi Skyavoni şifoxonasi oldida navbatçilik qilayotgan politsiyaçilar / EPA

Lombardiyaning şimoliy mintaqasida bu virusga 89 nafar kişi yöliqqan, bu haqida yakşanba kuni provinsiya gubernatori Attilio Fontana xabar qildi. Şunday qilib, hozirgi kunga qadar Italiya böylab yuzdan ortiq zararlaniş holati töliq tasdiqlangan. Sönggi ma'lumotlarga köra, mamlakat böylab jami 132 kişi virus yuqtirgan va ularning 26 nafari oğir ahvolda qolmoqda.

Italiyaning ikki fuqarosi şanba kuni bu xastalikdan vafot etganidan söng mamlakat boş vaziri Juzeppe Konte yangi çora-tadbirlar körilişini e'lon qildi.

Koronavirus keltirib çiqargan kasallikdan  vafot etgan ikki italiyalikdan biri bölgan 78 yoşli erkak Veneto şahrida yaşardi va uning taşxisi aniq bölgan. Ikkinçi holat Lombardiyada 77 yoşli ayol bilan röy bergan, ammo uning virus yuqtirib olgani murdani yorib körişdan söng ayon bölgan.

Uşbu ikki şimoliy viloyatning bir neça önlab şaharlari hozirda karantinda. 50 mingga yaqin mahalliy aholi vakillari rasmiylardan uyda ötiriş haqida farmoyiş olgan.

Milanda odamlar köçaga tibbiy niqoblarda çiqa boşladi / EPA

Boş vazirning tuşuntirişiça, endi maxsus ruxsatsiz yangi virus aniqlangan hududga kiriş yoki undan çiqiş taqiqlangan. Uşbu hududda barça maktab maşğulotlari hamda sport tadbirlari, şu jumladan yakşanba kuni bölib ötişi rejalaştirilgan futbol böyiça Italiya çempionati öyinlari bekor qilindi. 

Koronavirus Milandagi «La Skala» teatridagi barça spektakllar bekor qilinişiga ham sabab böldi. «Brera» muzeyi ham noma'lum muddatga yopilgan.

Venetsiyada esa har yilgi Venetsiya karnavali bekor qilindi. Faqat yakşanba kunga möljallangan marosimlar bölib ötdi. Şuningdek, mart oyiga qadar şahardagi boşqa tadbirlar ham bekor qilingan.

Karantin çoralariga rioya qilinişini nazorat qiliş uçun politsiya mas'ul qilingan, zarur hollarda armiya yordamga çaqirilişi mumkin.