Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning to‘rtta provinsiyasi koronavirus tarqalishi xavfi darajasini pasaytirdi
XXR hukumati yangi kasallikka qarshi kurashdagi muvaffaqiyatni «rivojlanishning sotsialistik modeli» bilan izohladi
Xitoyning to‘rtta provinsiyasi koronavirus bilan kasallanish xavfi darajasi pasaygani haqida e'lon qildi. Bu haqda Reuters mahalliy tibbiyot rasmiylariga tayangan holda xabar bermoqda.
Yunnan va Guyjou provinsiyalari xavf darajasini birinchi darajadan (eng yuqori) uchinchi darajagacha, Guandun va Shansi esa birinchi darajadan ikkinchi darajagacha tushirdi.
Avvalroq, Gansu va Lyaonin provinsiyalarining tibbiy organlari xavf darajasi pasaytirilgani to‘g‘risida ma'lum qilgandi.
South Morning China Post xabariga ko‘ra, Xitoyning to‘rtta mintaqasi rasmiylari qarori Si Tszinpinning epidemiyani bartaraf etishda davlat katta yordam berishi haqida va'da qilgan nutqidan so‘ng ochiqlandi. XXR yetakchisi koronavirusni butun mamlakat uchun sinov deb atab, Xitoy ro‘y bergan hodisadan saboq chiqarishi lozimligini ta'kidladi.
Shu bilan birga, Si Tszinpin Kommunistik partiyaning harakatlari o‘z vaqtida va samarali bo‘lganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallik tarqalishiga tezkor reaksiya «Xitoy rivojlanishining sotsialistik modeli afzalliklarini namoyish etdi».
Shuningdek, XXR yetakchisining ta'kidlashicha, rasmiylarning eng muhim maqsadi Xubey provinsiyasidan, shu jumladan, mamlakat poytaxti Pekinga kasallik tarqalishining oldini olish bo‘lgan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 2592 kishi koronavirus natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Xitoyning materik qismidan tashqarida kasallanganlarning eng ko‘p soni Janubiy Koreya, Yaponiya va Italiyada qayd etildi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026