Bugun, 25 fevral kuni taxminan soat 10:10larda Andijon viloyati Xöjaobod tumani Xidirşa mahallasi “Xolis Tafakkur” MÇJga qaraşli avtomobillarga suyultirilgan metan gaz quyiş şoxobçasida 32 yoşli Ş.O.ning boşqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomaşinasiga gaz quyayotgan vaqtida, portlaş yuz bergan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, jiddiy jarohat olganlar yuk.

Şoxobça hududida gaz quyayotgan yana 6 ta avtomaşinaga turli darajada texnik şikast yetkazilgan. 

Hozirda hodisa joyida tergov tezkor guruhi işlamoqda, portlaşning kelib çiqiş sabablari örganilmoqda, tekşiruv yakuniga köra qöşimça ma'lumot beriladi.