Koronavirus: Pandemiya boşlandimi yoki yöq, qörquvga hojat bormi?
|18:21 / 25.02.202070 6669 min
Ötgan haftaning dam oliş kunlari dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni keskin ortdi. Şu bilan birga, rasmiy ravişda SARS-CoV-2 deb nomlangan virus Xitoy çegaralari va açinarli ravişda «suzuvçi Petri piyolasi» laqabini olgan «Daymond Prinsess» kruiz kemasidan taşqariga çiqib ketdi.
Foto: Manuel Silvestri/ReutersFoto: Manuel Silvestri/Reuters
Sönggi ma'lumotlarga köra, Xitoyda 78 mingga yaqin kişi koronavirus bilan kasallangan, ulardan 2663 kişi vafot etgan. Boşqa önlab mamlakatlarda 2000dan ortiq infeksiyaga çaliniş holati va 37ta ölim holati qayd etilgan.
Zotiljam virusi keltirib çiqaruvçi kasallik holatlari ötgan hafta Janubiy Koreya, Eron va Italiyada avj oldi, bu mamlakatlarda sönggi kunlar içida önlab kişilar virus yuqtiriş oqibatida olamdan ötdi.
Duşanba kuni Iroq, Afğoniston, Kuvayt, Ummon va Bahrayn davlatlari virus yuqtirib olgan ilk bemorlar haqida xabar berişgan — bu holatlarning barçasida Erondan kelgan fuqarolar kasallangani aniqlangan. Bahrayn rasmiylarining ma'lum qilişiça, koronavirus maktab avtobusi haydovçisida topilgan va natijada bir neçta maktablar yopildi.
Kuwait City şahridagi restorandagi ayollar (AFP Photo/YASSER AL-ZAYYAT)
Xitoy koronavirus tarqalişini çeklaş maqsadida har yilgi parlament yiğilişini qoldirdi;
Xitoy hukumati yovvoyi hayvonlar göştini iste'mol qilişni, şuningdek yöq bölib ketiş xavfi ostidagi hayvon turlarini ov qiliş, taşiş va ular savdosini taqiqladi. Ma'lumki, yangi koronavirus epidemiyasi Uxandagi yovvoyi hayvonlar bozorida boşlangan;
Duşanba kuni Xitoyda 508ta yangi Covid-19 holati, asosan, Uxanda qayd etildi;
Eron yakşanba kuni mamlakatda Covid-19’ning 64 holati aniqlanganini tasdiqladi, ularning aksariyati dunyo şialariga diniy bilim beruvçi Qum şahrida. Rasmiy ma'lumotlarga köra, 12 kişi vafot etgan. Duşanba kuni parlamentning Qum şahridan bölgan deputati hukumatni epidemiya bilan boğliq faktlarni yaşirişda ayblab, u yerda kasallikdan allaqaçon 50 kişi vafot etganini aytdi. Eron Soğliqni saqlaş vazirligi bu bayonotni darhol rad etdi;
Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 893 kişiga yetdi, mamlakatda 8 kişi virus qurboni bölgan
Şimoliy Koreya 380 nafar çet el fuqarosini koronavirus tahdidi ostida karantinga oldi;
Mavzuga oid
Tataristonda, «Daymond Prinsess» kruiz kemasining sakkiz nafar yölovçisi Qozondagi kasalxonaga yetkazilganidan söng, ijtimoiy tarmoqlar koronavirus bilan xastalanganlar haqidagi taşvişli xabarlarga tölib ketdi. Mahalliy Soğliqni saqlaş vazirligi vahima qözğaş uçun heç qanday sabab yöqligini aytmoqda;
Italiyada Lombardiya va Veneto provinsiyalarining bir neça tumanlarida karantin joriy etildi. Bu mamlakatda 229 kişida virus aniqlangan, 5 kişi vafot etgan, 50 ming kişiga keyingi ikki hafta içida öz şaharlarini ruxsatsiz tark etiş taqiqlanadi;
Jahon bozorida oltin narxi investorlarning xavotirlari fonida yetti yil içidagi eng yuqori darajaga kötarildi;
Dow Jones indeksi Osiyo va Yevropadagi epidemiyalar ortidan Amerika bozorlaridagi savdo oçilişida 3,4 foizga quladi.
Şifokorlar koronavirus tarqalişi pandemiya darajasiga yetgani haqida işonç bilan gapirişmoqda. Bu nimani anglatadi?
Uşbu söz yunon tilidan kelib çiqqan: «hamma» degan ma'noni anglatuvçi «pan» sözi va «demos» («odamlar»). Mutaxassislar atamadan bir vaqtning özida sayyoramizning turli qismlariga tarqaladigan kasalliklar holatlarida foydalanişadi. Sözning özi qörquv uyğotmasligi kerak: u kasallik xavfini emas, balki uning tarqaliş darajasini belgilaydi. Bu faqat yuqumli kasalliklar uçun tegişli.
Oddiy qilib aytganda, kasallikning mamlakat böylab faol va nazoratsiz tarqalişi — epidemiya; turli mamlakatlar va qit'alar aro tarqalişi — pandemiya.
Bugungi COVID-19 yoyilişi (yangi koronavirus keltirib çiqargan kasallik şunday ataladi) Buyuk Britaniyadan Janubiy Koreyaga qadar 30dan ortiq davlatga ta'sir körsatdi va JSST taşkiloti yaqingaça foydalangan pandemiya ta'rifiga mos keladi.
Biroq, hozirda JSST rasmiy ravişda «pandemiya» atamasini qöllamayapti.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreysus 24 fevral kuni ötkazilgan brifingda virus pandemiyaga aylanişi ehtimoli mavjudligini istisno qilmadi. Uning aytişiça, ayni vaqtda virusning nazorat ostidan çiqib ketgan global tarqalişi, katta kölamdagi oğir kasallanişlar yoki undan köp sondagi ölimlar yöq.
«Bu virus pandemiyaga aylanişi mumkinmi? Şubhasiz, mumkin. Biz hozirda pandemiya bosqiçidamizmi? Bizning baholaşimizça, hozirça yöq», degan u.
Taşkilot vakili Tarik Yasareviç ham taşkilotda bunday atama mavjud emasligini aytib ötgan.
«Aniqlaştiriş uçun, JSST olti fazadan iborat — birinçi bosqiçdan (virusning hayvondan odamga yuqişi holati kuzatilmasligi) oltinçi bosqiçgaça bölgan (pandemiya) — eski tizimdan foydalanmaydi — köpçilik 2009 yildagi H1N1 tarqalişini eslaşi mumkin», — deydi u. Ammo, uning sözlariga köra, kundalik hayotda «pandemiya» atamasi odamdan odamga yuqadigan yangi patogenning tarqalişini anglatadi.
Milanda koronavirus avj olişi tufayli köplab tadbirlar bekor qilingan /Reuters
2009 yilda H1N1 virusi yoyilişi (xalq orasida «çöçqa grippi» deb ataladi) Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti terminologiyasidagi sönggi pandemiya bölgandi. Öşandan beri taşkilot bu kabi holatlarni «xalqaro holatdagi jamoat salomatligiga xavf» (Public Health Emergency of International Concern, PHEIC) deb e'lon qildi.
Xitoyning Uxan şahridan boşlangan koronavirusning sayyora böylab tarqalişida PHEIC 2020 yil 30 yanvarda e'lon qilindi.
Pandemiya miqyosidagi kasalliklarning tarqalişi insoniyatga allaqaçon ma'lum bölgan: maşhur «Qora ölim» — XIV asrda Yevropani qamrab olgan pandemik vabo va XX asr boşlarida butun dunyo böylab 500 millionga yaqin odamga yuqqan «ispanka», ulardan 100 millionga yaqini vafot etgan. XIX asrda har törtinçi yevropalik vafot etgan sil kasalligi va hozirgi vaqtda OIV tarqalişini ham pandemiya deb ataş mumkin.
XXI asrda insoniyatni atipik pnevmoniya (SARS, 2003), parranda grippi (2003), Yaqin Şarq respirator sindromi (MERS, 2012), Ebola bezgagi (2014-2015) va Zika bezgagi (2016) juda qörqitdi. Zamonaviy kasalliklar qurbonlari «ispanka» yoki vaboga qaraganda kamroq. Ammo yodga soliş kerakki: «pandemiya» sözi ölim darajasi emas, balki tarqaliş miqyosini anglatadi.
Yangi koronavirus uçun vaksina hali işlab çiqilmagan. Şu bilan birga, mutaxassislarning ta'kidlaşiça, SARS-CoV-2’dan ölim holati hozirça odatiy mavsumiy gripp darajasidan oşmaydi.
Koronavirusdan kasallaniş holatlari butun dunyo böylab oşmoqda / GETTY IMAGES
Uşbu virus bilan boğliq vaziyat yanada oğirlaşişining sababi uning taşuvçilarida köpinça biror alomat yöqligi va özlarining kasalliklari haqida xabardor emasliklaridir. Ba'zi odamlarda kasallik virus yuqqanidan bir neça kun ötgaç özini namoyon qiladi. Aynan şu sababli, yuqtiriş xavfi bölganlarning barçasi 14 kungaça karantinga yuboriladi.
Virusga qarşi kuraşda uning tarqalişini iloji boriça tezroq çeklaş muhim. Buning uçun qöllarni yaxşilab yuviş va odamlar bilan yaqin aloqada bölmaslik tavsiya etiladi.
Angliyalik şifokorlar öz-özini izolyatsiya qilişning foydalari haqida gapirişadi: Angliyaning boş tibbiy maslahatçisi, professor Kris Uittining Bi-bi-si radiosiga aytişiça, avj olişni keçiktiriş heç bölmaganda virusni örganiş va vaksinani işlab çiqişda köproq vaqtga ega böliş uçun kerak.
Bundan taşqari, agar bironr kasallikning oldini olişning iloji bölmasa, bu holat Milliy soğliqni saqlaş xizmati katta yuk ostida böladigan qişda emas, balki yozda kuzatilgani yaxşiroq.