South China Morning Post naşri xabar berişiça, endilikda Xitoy hududida virusdan zararlanganlarning jami soni 77658 nafarga yetgan, dunyoning boşqa qismidagi holatlar qöşib hisoblanganda bu raqam — 80130 kişini taşkil etadi. Xitoyda kasallikdan jami 2663 kişi halok bölgan, boşqa mamlakatlarda yana 37 kişi.
Janubiy Koreya — COVID-19 koronavirusi tarqalişining Xitoydan keyingi ikkinçi öçoğiga aylangan. Bu mamlakatda sönggi bir kunda yana 60 kişi virus yuqtirgani aniqlandi va virus yuqtirganlarning jami soni 893 kişiga yetdi. 24 fevral kuni mamlakat hududida yana bir kişi virusdan vafot etib, infeksiya boşlanganidan buyon qurbonlar soni — sakkiz nafarga yetdi. Bu xabarlar fonida Xitoydagi şaharlar Janubiy Koreya fuqarolari uçun yopilmoqda. AQŞ öz fuqarolarini Janubiy Koreyaga bormaslikka çaqirmoqda.
Italiyada esa COVID-19 epidemiyasining Yevropadagi öçoği bölib turibdi, 25 fevral kuniga kelib koronavirus aniqlangan kişilar soni 209 nafarga yetgan, 7 kişi virus qurboniga aylangan.
Koronavirus Yevropaga tarqalmoqda, Italiya şaharlari karantinda. Sönggi ma'lumotlar
Reuters ma'lumotiga köra, Xitoydan taşqari yana 30dan ortiq mamlakatda koronavirus aniqlangan.
24 fevral kuni Yaqin Şarqdan ham xavotirli xabarlar tarqala boşladi. Kuvayt, Bahrayn, Ummon, Afğoniston va Iroq hukumatlari koronavirusdan zararlanişning ilk holatlari haqida e'lon qildi. Bu mamlakatlarda şu kunlarda Eronda bölib qaytgan fuqarolarda koronavirus aniqlangan. Eron esa koronavirusning Yaqin Şarq va Janubiy Osiyodagi öçoği bölib turibdi, rasmiy ma'lumotlarga köra, bu yerda 12 kişi koronavirus yuqtiriş oqibatida ölim topgan, 64 kişida virus aniqlanib, ular şifoxonaga joylaştirilgan.
Eron qöşnilar uçun xavf manbaiga aylandi. Hukumat koronavirus böyiça ma'lumotlarni yaşirmoqdami?













