330 dona Rubik kubiklaridan tayyorlangan «Mona Liza» asari Parijdagi kim oşdi savdosida 480 ming yevroga sotildi. Bu haqda Articurial kim oşdi savdosi uyi xabar berdi.
"#Invader tayyorlagan Mona Liza Artcurial kim oşdi savdosida 520 680 dollarga (480 200 yevro) – dastlabki bahosidan tört baravar qimmatga sotildi", - deyiladi xabarda.

Asar muallifi Invader taxallusi bilan ijod qiluvçi köça rassomi Frank Slama hisoblanadi.
Bu uning birinçi işi emas, rassomning asarlarini dunyoning 33 mamlakatidagi 80ga yaqin köçada köriş mumkin, deya qayd etadi France Info radiostansiyasi.

















