
AQSh prezidenti maqbarani hind madaniyatining go‘zalligi va rang-barangligi namunasi deb atadi va yillar davomida ko‘plab mashhur shaxslar imzolagan qaydlar kitobida o‘z dastxatini qoldirdi.
Tramp Hindistonda. Stadiondagi nutq va savdo bo‘yicha murakkab muzokaralar
Toj Mahal XVII asrda Boburiylar sulolasi vakili Shoh Jahon buyrug‘i bilan qurilgan. U hukmdorning rafiqasi, tug‘ruq paytida vafot etgan Mumtoz Mahal xotirasiga barpo etilgan.
Uning me'moriy yechimi shunchalik murakkab va noyob bo‘lganki, minglab quruvchilar tomonidan 20 yildan ziyod vaqt davomida barpo etilgan. Maqbara va minoralarning hamma joyi oq marmar bilan qoplangan. Yodgorlik islom olami me'morchiligiga xos tarzdagi naqshlar va Qur'on suralari bilan bezatilgan.
Ushbu maqbara sevgi va sadoqat timsoli hisoblanadi, ko‘pincha uni buyuk sevgi saroyi deb atashadi.
Toj Mahal dunyoning yetti mo‘jizasidan biri sanaladi. 1983 yilda YuNeSKOning jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Oddiy sayyohlardan tashqari, Toj Mahal fonida chet ellik siyosatchilar, yulduzlar va qirollik oilalari a'zolari muntazam ravishda suratga tushishadi.
Toj Mahalga yiliga 4,5 million kishi tashrif buyuradi. Ular orasida ba'zi fotosuratlar alohida ajralib turadi.
Yolg‘iz malika

Malika Diananing 1992 yil Toj Mahal oldidagi o‘rindiqda yolg‘iz o‘zi o‘tirganida olingan ushbu suratda ko‘pchilik ramziy ma'noni ko‘radi.
Malika o‘shanda turmush o‘rtog‘i shahzoda Charlz bilan Agra shahrida rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Lekin shahzoda Charlz ish bilan band edi va malika Toj Mahalga yolg‘iz o‘zi boradi.
Malikaning muxlislari uchun ushbu fotosurat uning nikohda o‘zini yolg‘iz his qilayotgani haqidagi so‘zlarining tasdig‘i edi.























