Bu haqda CS Publications naşri xabar berdi. 

Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, barça elektromobillarning energiya saqlaş tizimlari siğimini oşirişga imkon beruvçi yeçim şundoqqina "yuzada" turgan.

“Ammo negadir buni avval heç kim qilmagan”, deb aytişgan texnologiyani işlab çiqqan mutaxassislar.

Bugungi kunda köplab elektromobillar grafitli anod batareyalarga ega bölib, ular avtomobilni quvvatlaşda katta quvvat bilan ta'minlamaydi. Janubiy koreyalik olimlar grafit akkumulyatorlardan kremniyli akkumulyatorlarga ötişni taklif qilişmoqda. Bu esa elektrokarlar bir quvvatlanişda bosib öta oladigan masofani sezilarli oşiradi.

Biroq mutaxassislar kremniyli akkumulyatorlar bir neça marta quvvatlangandan keyin ularning quvvati ança kamayişini tan olişgan. 

Ixtiroçilar uşbu muammoning yeçimini izlay boşlaşgan va “oddiy maişiy vositalar - suv, yoğ va kraxmal”ga e'tiborni qaratişgan.

Muhandislar kremniyni yoğda, kraxmalni esa suvda eritib, olingan substansiyalarni bir-biri bilan aralaştirişgan. Materialga termik işlov berilgandan keyin siğimi grafitnikidan 4 marta katta bölgan uglerod-kremniyli kompozit hosil bölgan.

Uşbu kopozitdan tayyorlangan batareya kamida 500 zaryadlaş sikli davomida barqaror qoladi. “Bu, albatta, mukammal emas, lekin şunga qaramay ança maqtovga loyiq", deb ta'kidlab ötişgan mutaxassislar.

Ularning aytişiça, endilikda elektr avtomobillarning egalari öz transport vositalarini 5 daqiqada zaryadlaşlari mumkin böladi.