Namanganlik muxlislar futbol bahslarini soğinganini «Navbahor» klubi tomonidan ötkazilgan yangi futbolçilarni taniştiriş marosimida sezdik. Jamoa rahbariyati taqdimotni stadionda ötkazib qöysa ham bölaverar ekan. Sababi, marosimga köp sonli muxlislar keldi.

Özbek futboliga köplab iqtidorlarni yetkazib bergan «Navbahor»ning sadoqatli muxlislari juda köp. «Loçinlar»ning öz stadionidagi öyinlari doim muxlislar bilan töla holda ötsa, işqibozlar mehmondagi öyinlarda ham klubni yolğizlatib qöymaydi.

Bizni hayron qoldirgan jihat – muxlislar jamoa maşğulotlariga ham kelib, futbolçilarga dalda bölib turişar ekan.   

Maşğulotlar ötkaziladigan maydonda boş murabbiy Andrey Kançelskisdan klubdagi mavsum oldi tayyorgarlik haqida söradik.

«Superliga öyinlariga reja asosida tayyorgarlik köryapmiz. Turkiyada 20 kunlik öquv-maşğulotlari yiğini ötkazdik. «Paxtakor» bilan böladigan ilk öyin bizni çempionatga qay darajada şay ekanligimizni körsatib beradi.

Töğrisi, men uçun birinçi öyinni Toşkentda ötgan yilgi çempionga, ayni paytda OÇLda töp surayotgan jamoaga qarşi ötkaziş yoqimli holat. Özimizga işonyapmiz, işonç yaxşi tuyğu. Öylaymanki, hammasi yaxşi böladi.

Bu yil jamoaga yangi kelgan legionerlarga e'tibor qaratadigan bölsak, Ruslan Bolovdan köp gollar urişini kutyapmiz. Ötgan yili Aleksandr Kasyan mavsum avvalida gollari bilan jamoani öziga işonçini oşirgan edi. Bolovdan ham xuddi şunday natijalarni kutyapmiz.