Sönggi ma'lumotlarga köra, Avstriya, Xorvatiya, Şveytsariya, Ruminiya va Gretsiyada şu kunlarda Italiyada bölib qaytgan fuqarolarda koronavirus aniqlangan.
Koronavirus Yevropaga tarqalmoqda, Italiya şaharlari karantinda. Sönggi ma'lumotlar
Afrika şimolidagi Jazoirda ham virusdan zararlanişning ilk holati qayd etildi: bu bemor Italiya fuqarosi bölib, u 17 fevral kuni Italiyada bölgan.
Braziliyaning San-Paulu şahrida ham 61 yoşli erkakda kasallik aniqlangan, u yaqinda Italiyada xizmat safarida bölib qaytgandi, bu Janubiy Amerikada uşbu virus aniqlangan ilk holatdir.
Italiyada virus yuqtirganlar soni ösişda davom etmoqda, ammo qöşni mamlakatlar çegaralarni yopişga şoşilmayapti, bu «proporsional çora bölmaydi» deb hisoblanmoqda. Fransiya, Germaniya, Italiya va Yevrokomissiya vakillari özaro uçraşuvda odamlarning harakatlanişiga çeklov örnatmaslikka qaror qilişdi.
«Gap virus haqida ketmoqda, u çegara bilmaydi», - degan Italiya soğliqni saqlaş vaziri Roberto Speransa. Uning germaniyalik hamkasbi Yyens Şpan Italiyaning qöşnilari oğir vaziyatga «jiddiy munosabatda bölişi»ni aytib, bundan keyin vaziyat yanada yomonlaşişi mumkinligini istisno qilmagan.
Buyuk Britaniyada Italiya şimolida ta'til ötkazib qaytgan maktab öquvçilariga uyga javob berib yuborilgan, hukumat fuqarolariga uşbu mamlakatga safar qilmaslikni tavsiya etmoqda. Ammo Britaniya soğliqni saqlaş vaziri Mett Henkok hukumat Italiya bilan aviaaloqani töxtatmasligini ma'lum qildi, har yili bu mamlakatga uç millionga yaqin britaniyalik taşrif buyuradi.
«Italiyaga qarang, u yerda Xitoydan kelayotgan samolyotlarni qabul qiliş töxtatilgan, lekin Italiya Yevropada hammadan köproq zarar körgan mamlakat bölib turibdi», degan Henkok.

Yevropada nimalar bölmoqda?
Avstriyada italiyalik yoş juftlikda koronavirus aniqlandi, ular Tiroldagi Insbruk şahrida yaşab kelişgan. Ulardan biri işlagan mehmonxona hozirda yopib qöyilgan.














