Koronavirus yana uchta davlatda aniqlandi. Germaniyada epidemiya boshlangani, Litvada favqulodda holat e'lon qilindi

Foto: EPA
Yangi turdagi koronavirusdan zararlanish holatlari Gruziya va Shimoliy Makedoniyada ham qayd etildi. Shuningdek, Germaniyada koronavirus epidemiyasi boshlangani e'lon qilindi.
Gruziya sog‘liqni saqlash vaziri Yekaterina Tikaradzening ma'lum qilishicha, respublikadagi ilk kasallangan o‘rta yoshlardagi erkak bo‘lib, u Gruziyaga Erondan Ozarboyjon orqali kelgan. Vazirning ta'kidlashicha, virus tarqalishi xavfi yo‘q, chunki bemor bilan aloqada bo‘lganlar karantinga joylashtirilgan.
Vazir ayni vaqtda Tbilisidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida yuqori haroratga ega 14 kasal borligini, ulardan 11 nafari Gruziya, 2 nafari Xitoy va Eron fuqarolari ekanini qo‘shimcha qilgan.
Shuningdek, Bolqon yarimorolida ham koronavirusga chalinish bo‘yicha ilk holat qayd etildi: virus Shimoliy Makedoniyada aniqlangan. Bu haqda respublikaning sog‘liqni saqlash vaziri Venkov Filipche xabar qilgan.
Ta'kidlanishicha, bemor ayol kishi bo‘lib, u yaqinda Italiyadan minivenda kelgan. Avtomobildagi boshqa yo‘lovchilar ham koronavirusga tekshirilmoqda.
Norvegiyada ham koronavirus ilk bor qayd qilindi.
“Tromsyo shahrida yashovchi bir kishining tahlillari unda koronavirus borligini ko‘rsatdi. Bu odam kimnidir zararlagani ehtimoli oz”, deyilgan xabarda.
Bemordan tahlillar Xitoydan qaytgandan keyin olingan.
Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Yyens Span esa mamlakatda koronavirus epidemiyasi boshlanganini ma'lum qilgan. Vazirlikda ta'kidlanishicha, 26 fevralda mamlakatda qayd qilingan beshta yangi kasallanish holati Xitoydagi koronavirusning manbasi bilan bog‘lanmagan.
Ayni vaqtda Germaniyada umumiy hisobda koronavirusga 21 kishi chalingan. Biroq Span vahimaga tushmaslikka chaqirgan.
“Har bir yo‘tal ham koronavirus emas. Germaniya shifoxonalari izolyatorlar bilan yaxshi ta'minlangan. Biz tez harakat qilmoqdamiz va joriy vaziyatga o‘z javobimizni moslashtiramiz. Afsuski, aytishim kerak, oxirgi soatlarda vaziyat o‘zgargan”, deb aytgan Span.
Shuningdek, Litvada koronavirus tarqalishi xavfi sababli davlat ko‘lamidagi favqulodda holat e'lon qilindi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Javob raketalarni otgan Eron va Isroilga yordam berayotgan AQSh – kun dayjesti
Jahon | 14:14
-
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi
O‘zbekiston | 14:12
-
YeIdagi STG terminallariga rossiyalik mijozlarga xizmat ko‘rsatish taqiqlanadi
Jahon | 14:11
-
🔴 LIVE: Isroil - Eron ziddiyati: tomonlar ochiq urush boshladi
Jahon | 14:01
Mavzuga oid

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda

16:03 / 17.05.2025