«Manchester Siti» bosh murabbiyining nostandart qarorlari safarda «Real» ustidan g‘alabani ta'minladi (2:1).

«Real» — «Manchester Siti» — 1:2 (0:0)
Gollar: Isko, 60 (1:0). Gabriel Jyezus, 78 (1:1). De Bryuyne, 83 — penalti (1:2).
«Real»: Kurtua, Karvaxal, Serxio Ramos, Varan, F.Mendi, Kazemiru, Valverde, Modrich (Vaskes, 84), Isko (Yovich, 84), Benzema, Vinisius Junior (Beyl, 75).
«Manchester Siti»: Ederson, Uoker, Otamendi, Lyaport (Fernandino, 33), Benj.Mendi, Ernandes, Gundo‘g‘an, De Bryuyne, Mahrez, Gabriel Jyezus, Bernardu Silva (Sterling, 73).
Ogohlantirishlar: F.Mendi, 29. Valverde, 48. Modrich, 54.
Chetlatish: Serxio Ramos, 86.
Hakam: Orsato (Italiya).
26 fevral. Madrid. «Santyago Bernabeu» stadioni.

Bir yil muqaddam biz Chempionlar ligasi pley-off bosqichi tarixidagi eng murosasiz va ehtirosli to‘qnashuvlarga guvoh bo‘lgandik. Bu mavsum esa «futbol shaxmati» atamasi tez-tez yodga olinmoqda. Masalan, o‘tgan haftada «Atletiko» «Yurgen Kloppni qanday yengish mumkin?» mavzusida master-klass o‘tdi. Garchi «Liverpul»ning mag‘lubiyatiga qisqa ta'til sabab sifatida keltirilgan bo‘lsada — Diyego Simeonening taktik futboli benuqson ko‘rindi.  «Napoli» ham taktik jihatdan «Barselona» va Messini deyarli ilojsiz ahvolda qoldirdi.

Chorshanba oqshomida Zinedin Zidan va Xosep Gvardiola ilk murabbiylik duelini o‘tkazishdi. Fransuz shu kunlarda o‘z hamkasbiga xushomadlar yomg‘iri yog‘dirdi va Pepni jahonning eng yaxshi murabbiyi deb atadi. Albatta Zizuning o‘zining fanatlari va Klopp talanti muxlislari bu so‘zlarga qo‘shilmaydi. Umuman, bu did ishi — figurali uchish va badiiy gimnastikadagi kabi, bu o‘rinda hakam fikrini o‘zgartirganidan keyin ham baho sub'yektivligicha qoladi.

Sportda hamisha natija obektiv o‘lchov bo‘lib qoladi.

«Manchester Siti» yevrokuboklardan ikki mavsumga chetlatilar ekan, klub uchun bu mavsumda yagona ovunch Chempionlar ligasi g‘olibligi bo‘lib qolar ekan, Gvardiola pragmatikka aylanishi tabiiy. U hech kim kutilmagan boshlang‘ich tarkibni tanladi. 4-4-2 sxemasi va Gabriel Jyezus qanotda, De Bryuyne va Bernardu Silva siymosida ikkita «yolg‘on to‘qqizlik» — buni kimdir kutganmidi?