Qayd etilişiça, unda Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi Ravşanbek Alimov sözga çiqdi. U öz nutqida taşqi işlar sohasidagi muammolarga töxtaldi.

“Taşqi işlar vazirligining kadrlar zaxirasini şakllantiriş, rotatsiya tartibi, rahbar diplomatik xodimlarni tayyorlaş va malakasini oşiriş masalalari dolzarbligiça qolmoqda. Özbekistonning qator diplomatik vakolatxonalarida uzoq davr mobaynida vakansiyalar saqlanib kelinmoqda. Oçiq va şaffof tanlov ötkaziş böyiça topşiriq hali-hanuz bajarilmagan.

Alohida açinarli hol – bu ayol kadrlarni yuqori diplomatik lavozimlarga tayyorlaş işlari tizimli yölga qöyilmaganligi”, - dedi Ravşanbek Alimov.