25 fevral kuni Qozoğistonning Aqtöbe oblasti hududida Karabutak-Kostanay trassasida içida 45 yölovçi - Özbekiston va Tojikiston fuqarolari bölgan avtobus ağdarilib ketgan.
Hodisa vaqtida avtobus içida bölganlardan biri Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Çimkentdan Yekaterinburgga qarab yölga çiqqan avtobus yöl muzlaşi tufayli ağdarilgan, uning içida öndan ortiq özbekistonliklar bölgan.

Yölovçilar orasida jarohatlanganlar yöq. Mahalliy huquq-tartibot idoralari taşabbusi bilan yöl transport hodisasi iştirokçilari mehmonxonaga joylaştirilgan.
Hozirça, uşbu hodisa yuzasidan Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi yoki Transport vazirligi biror bir munosabat bildirmagan.
Kun.uz uşbu hodisa tafsilotlarini örganmoqda.
Bundan avvalroq Qozoğistondagi mahalliy naşrlar Aqtöbedagi YTH haqida ma'lumot berib, avtobusdagi yölovçilarning barçasi Tojikiston fuqarolari ekanini ma'lum qilgandi.

















