1 mart kuni kuni Toşkent vaqti bilan soat 2:40da Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY514 reysi Seuldan Toşkentga yetib keldi.

Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi rahbari Furqat Sanayevning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, reys orqali kelgan samolyotda jami 253 yölovçi bor.

Soğliqni saqlaş vazirligi Virusologiya ilmiy tekşiriş institutining yuqumli kasalliklar böyiça tajribali mutaxassis va epidemiolog-şifokorlari yölovçilarni samolyotdan çiqiş vaqtida dastlabki tibbiy körikdan ötkazişdi.

Seuldan olib kelinganlardan 182 nafari Özbekiston fuqarolari, 71 nafari xorijiy mamlakatlar fuqarolaridir. Xorijiy fuqarolardan 49 nafari Özbekistonda qoladi, 22 nafari esa tranzit yölovçilardir.

Endilikda yölovçilarning 231 nafari (182 özbekistonlik va 49 nafar xorijlik) koronavirus Özbekistonga kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş, xavfsiz sanitariya-epidemiologik holatni ta'minlaş hamda aholi salomatligini muhofaza qiliş maqsadida maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasasiga joylaştiriladi va ikki hafta davomida karantinda saqlanadi. 22 nafar tranzit yölovçilar esa belgilangan tartibda izolyatsiya qilinib, keyinroq Uzbekistan Airways aviakompaniyasi reysi orqali öz mamlakatiga uçib ketadi.

Ma'lumot uçun, 1 martdan boşlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Janubiy Koreyada koronavirus avj olişi va Özbekiston hududida virus tarqalişining oldini oliş maqsadida Seulga bölgan qatnovlarni vaqtinça töxtatgan.

Avvalroq, Toşkentdan Jidda va Madinaga reyslar töxtatilgani, u yerdagi özbekistonliklarni qaytariş uçun reyslar taşkillaştirilişi haqida xabar berilgandi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston hukumati fevral oyi boşida Xitoydan uçta reys orqali 600ga yaqin fuqarosini evakuatsiya qilgandi. Ular ham ikki hafta mobaynida karantin hududlarida saqlandi, ularning birortasida koronavirus aniqlanmadi.