Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar 7 bosh maymunning mamlakatdan yashirincha olib chiqishga bo‘lgan urinishni fosh etdi
O‘z manfaatlarini barcha narsadan ustun qo‘yib, bojxona qoidalarini buzishga urinayotgan shaxslarning qilmishlari o‘z vaqtida fosh etilmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatga o‘zining “Leksus RX 330” avtoulovida chiqib ketayotgan fuqaro B.A.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu fuqaro o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, avtomashinada bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan va deklaratsiyada ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 100 million so‘mlik bir bosh “Oqpanja gibbon” va olti bosh “Yavana makakasi” turidagi maymunlar borligi aniqlandi.
Hozirda Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan maymunlarning sog‘ligi veterinar-shifokorlar nazoratida bo‘lib, yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 408-sonli Qonuni talablariga muvofiq, hayvonot dunyosi obektlarini olib kirish va olib chiqish belgilangan tartibda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
19:55 / 25.12.2025
Qanday holatda xorijdan havo tozalagich buyurtma qilinganda bojxonada qo‘shimcha pul to‘lashga to‘g‘ri keladi?
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
15:02 / 23.12.2025
2026 yildan bojxona yig‘imlari kamayadi va imtiyozlar joriy etiladi
18:22 / 20.12.2025