Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akarning ta'kidlashicha, amaliyotdan yagona maqsad Bashar Asad qo‘shinlari va bu hududda turk harbiylariga hujum qilayotgan bo‘linmalardan himoyalanish hisoblanadi.

“Suriya tuzumining 2200 ga yaqin harbiysi, uchuvchisiz parvoz qurilmasi, 8 ta vertolyot, 103 ta tank, o‘nlab gaubitsalar, uchta havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi yo‘q qilindi”, deb aytgan vazir.

Avvalroq Turkiya SIHA dronlarini qo‘llab, Suriya hukumat qo‘shinlarining yuqori lavozimli harbiylari joylashgan binoga zarba bergan. Hujum oqibatida 124-polk qo‘mondoni, brigada generali Burhon Ramune, polkovnik Mazin Firvatiy va yana bir harbiy Ismoil Ali halok bo‘lgan.