Prezident Şavkat Mirziyoyev «2017—2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida»gi farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, keng jamoatçilik istaklari va xalqaro ekspert jamoatçiligi tavsiyalarini inobatga olgan holda Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi va Inson huquqlari böyiça milliy markazining quyidagi takliflariga rozilik berildi:
- 2020 yil 1 apreldan boşlab Toşkent şahri va Toşkent viloyatida köçmas mulkni olişda Özbekiston fuqarolari uçun uşbu hududlarda doimiy propiskaga ega böliş talab qilinmasligini közda tutuvçi tartibni joriy etiş;
- Özbekistonda doimiy istiqomat qiluvçi va respublikaning boşqa hududlarida doimiy propiskaga ega bölgan Özbekiston fuqarolari tomonidan Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarda köçmas mulk oldi-sotdisi şartnomalarini rasmiylaştiriş uçun davlat bojining alohida stavkasini bekor qiliş.
- Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 1 aprelga qadar qonun hujjatlariga mazkur banddan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar kiritilişini ta'minlaydi, unda, şu jumladan quyidagilarni nazarda tutadi:
- doimiy propiskaga qöyişda Uy-joy kodeksining bir kişi uçun turar-joy maydonining ijtimoiy normasi töğrisidagi qoidalariga rioya etiş böyiça talablar;
- propiskaga qöyiş bilan boğliq jarayonlar va ularni “yagona darça” tamoyili asosida amalga oşiriş mexanizmlari raqamlaştirilişini ta'minlaş;
- hududlarda oliy ta'limning talab yuqori bölgan yönalişlarida öqitişni taşkil etiş, şu jumladan Toşkent şahrida joylaşgan yetakçi oliy ta'lim muassasalarining filiallarini oçiş;
- 2030 yilgaça urbanizatsiyani rivojlantiriş konsepsiyasini işlab çiqişda respublika aholisi uçun Toşkent şahri bilan bir qatorda qöşimça ravişda “öziga tortuvçi markazlar”ni yaratiş maqsadida tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatga ega eng yirik şaharlarni belgilaş.
Uy-joy kodeksining 42-moddasiga asosan, uy-joy maydonining ijtimoiy normasi bir kişi hisobiga 16 kvadrat metrdan kam bölmasligi kerak (kreslo-aravaçada harakatlanadigan nogironlar uçun esa kamida 23 kv.m.). Ijtimoiy norma Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.













