Rossiya prezidenti Vladimir Putin TASS nashriga bergan intervyusida nima uchun Mixail Mishustinni bosh vazir etib tayinlagani, Ukraina bilan munosabatlar, qiyofadoshi bor-yo‘qligi haqida gapirdi.

Mixail Mishustin haqida

Bosh vazirlikka uchta nomzod, hatto to‘rtta nomzod taklif qilindi. Ammo ular orasida Mishustin yo‘q edi. Hech kim Mishustinni tilga olmadi. Mendan tashqari.

Vazirlar Mahkamasining bo‘lajak rahbarini tanlashda Mixail Vladimirovichning shaxsiy va ishbilarmonlik fazilatlarini hisobga olganman. Mishustinning Federal Soliq xizmati rahbari sifatidagi ish natijalari hisobga olingan. U nima qilish kerakligini tushunadigan, qanday qilish kerakligini biladigan va bajaradigan, aniq natijaga erishadigan yaxshi amaliyotchi.

Medvedev haqida

Dmitriy Anatolevich bilan munosabatlarimiz ko‘p yillardan beri juda ochiq, do‘stona. Bir-birimizdan yashiradigan sirimiz yo‘q. Shuning uchun u bilan iste'fo masalasini muhokama qildik. Avvaldan muhokama qildik va Medvedev nima bo‘lishidan xabardor edi.

Ukraina haqida

Umid oxirida o‘ladi. Afsuski, Zelenskiy Parijdan qaytgach, Minsk kelishuvini qaytadan ko‘rib chiqish haqida gapira boshladi. Bu savollar keltirib chiqaradi. Ammo shunga qaramasdan, asirlikdagi shaxslarni almashtirish va gaz bo‘yicha kelisha oldik.

Bugun va erta haqida gapirish uchun tarixni, kelib chiqishimiz, bizni nima birlashtirib turishini bilishimiz kerak. bizni nima birlashtirib turishini unutmasligimiz lozim.

Putin: Biz hech kim bilan urush qilmoqchi emasmiz. Biz bilan urishish hech kimning xayoliga kelmasligini istaymiz

Loyihalar haqida

Menga «ura-ura» kerakmas. Menga mamlakat rivojlanishi kerak. Izchil, ishonchli va keng miqyosda. Birinchidan, oldimizga aniq vazifalarni qo‘yib oldik. Ikkinchidan, bu vazifalarni hal qilish uchun zarur resurslar hajmini, darajasini aniqlab olamiz. Uchinchidan, javobgar shaxslarni. Loyihalarning barchasi nazoratim ostida bo‘ladi. Ular ichida eng asosiysi – umr ko‘rish davomiyligini uzaytirish. U qolgan barcha narsani aks ettiradi.