Moliya vaziri örinbosari Şoxruh Şorahmedovning aytişiça, bu borada Xalqaro moliya korporatsiyasi va boşqa xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
«Davlat uluşi bölgan banklarning hammasi birdaniga xususiylaştiriladi, deb aytolmaymiz. Bu juda murakkab, vaqt talab qiladigan masala. Hozirça «Sanoatqurilişbank»ka öxşagan yirik-yirik banklar haqida gapirişimiz mumkin. «Sanoatqurilişbank» [ötgan yili] London fond birjasida obligatsiyalarini çiqardi.
Ayni paytda «Ipotekabank» faoliyatini isloh qiliş harakatidamiz. Boşqa banklar böyiça ham işlar olib borilyapti. Yil oxiriga borib, investorlarni jalb qilişni boşlaymiz.
Vaqt ötişi bilan bu jarayonlar tezlaşadi, deb öylaymiz. Yaqin yillarda davlat uluşi bölgan banklar töliq xususiylaştirilişi ustida iş olib borilmoqda», – dedi Şorahmedov 4 mart kuni Xalqaro press-klub sessiyasida.
Banklar privatizatsiyasi qaçondan boşlanişi ma'lum böldi
Banklar privatizatsiyasi qaçondan boşlanişi ma'lum böldi ➥ Batafsil: https://kun.uz/50767322
Posted by
on Wednesday, March 4, 2020
2019 yili Moliya vazirligiga davlat uluşi yuqori bölgan banklarni isloh qiliş, ularga xorijiy investorlarni jalb qiliş va xalqaro bozorga çiqariş böyiça vazifalar yuklatilgan edi.
«Şuning uçun vazirligimizda maxsus boşqarma (Davlat iştirokidagi tijorat banklarini isloh qilişni muvofiqlaştiriş boşqarmasi – tahr.) ham taşkil etilgan hamda uşbu masala vazir örinbosarining funksiyalariga kiritilgan edi», – degan vazir örinbosarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda strategik ahamiyatga ega korxonalardan taşqari, davlat uluşi mavjud barça korxonalar bosqiçma-bosqiç xususiylaştirilişi e'lon qilingan.

















