Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov Farğona viloyatidagi oliy öquv yurti prorektori tomonidan sodir etilgan jinoyat foş etilgani töğrisida xabar berdi.

«Farğona şahar prokuraturasi tomonidan Farğona davlat universitetida kiriş imtihonlari natijalari soxtalaştirilgani holati yuzasidan JKning 228-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Tergovda aniqlanişiça, Farğona davlat universiteti prorektori P.P. (ismi şarifi şartli özgartirilgan) 2019-2020 öquv yili uçun «Jismoniy madaniyat» imtihon komissiyasining mas'ul kotibi etib tayinlanib, 2019 yil iyul oyida ötkazilgan «Jismoniy madaniyat» fakultetiga kiriş imtihonlari jarayonida komissiyaning boşqa a'zolari bilan jami 18 nafar abituriyentning imtihon natijalarini sun'iy ravişda oşirib körsatib, soxtalaştirişi natijasida uşbu abituriyentlar oliy ta'lim muassasiga öqişga qabul qilingan», deyiladi xabarda.

2020 yilning 4 martida şahar prokuraturasi tomonidan universitet prorektoriga nisbatan JKning 205-moddasi 1-qismi va 209-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan ayb e'lon qilingan.

Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.