Joriy yilning 1 mart kuni kuni Toşkent vaqti bilan soat 2:40da bir guruh yurtdoşlarimiz Seuldan Toşkentga yetib keldi. Şundan keyin Özbekiston tomonidan Yaponiya, Italiya, Afğoniston va Eron kabi qator davlatlarga aviaqatnovlar çeklandi. Keyinçalik Taşqi işlar vazirligi Janubiy Koreyadan aviaqatnovlar soni haftasiga 1ta reysgaça qisqartirilgani, Özbekistonga keluvçi yölovçilar uçib kelişlari bilan 14 kun davomida karantinda bölib turişi e'lon qilindi.

Tegişli vazirliklar tomonidan evakuatsiya deya baholangan bu reys böyiça ayrim savollar tuğildi. Biz bu savollarga javob oliş uçun Uzbekistan Airways aviakompaniyasi matbuot xizmati bilan boğlandik:

– 1 mart kuni Seuldan Toşkentga kelgan reys qanday maqomda edi? Bu reysda Janubiy Koreya Respublikasidagi fuqarolar evakuatsiya qilingani aytildi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu charter reys emas, odatiy reys bölgani aytilmoqda. Umuman evakuatsiya jarayoni qanday tartibda va qanday şartlar bilan amalga oşiriladi?

Uzbekistan Airways:

– 1 mart kuni Uzbekistan Airways’ning HY513/514 reysi amalga oşirilgan. Özbekiston Respublikasi Transport vazirligining qaroriga binoan Toşkent-Seul-Toşkent yönalişiga 2ta, Janubiy Koreya Respublikasining aviakompaniyalari Korean Air, Asiana Airlines hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi haftasiga har biri bittadan muntazam reys amalga oşirişiga ruxsat berilgan. Evakuatsiya jarayoni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligining yöriqnomasi asosida amalga oşirilişi kerak. 

– Umuman, charter reys atamasining ta'rifi va talablari qanaqa? Bunday reysda çiptalar tölovi kim tomonidan amalga oşiriladi? Mart oyi davomidagi reyslarga çipta olgan özbekistonliklarga qanday javob qaytarilmoqda?

Uzbekistan Airways:

– Charter qatnovlari bu maxsus buyurtma asosida yölovçilarni taşiş maqsadida taşkil etiladigan reyslardir. Charter qatnovlari buyurtmaçisi – davlat taşkilotlari, turistik firmalar va har xil turdagi tijorat taşkilotlari bölişi mumkin. Uşbu qatnovlarda, buyurtmaçi havo kemasining barça xarajatlarini (aeroportdagi barça tölovlar, keytering, yoqilği, ekipaj tölovlari, mehmonxona va boşqalar) töliq qoplab beriş majburiyatini öz zimmasiga oladi. Şu bilan bir qatorda charter qatnovlariga çiptalar bahosini buyurtmaçi öz xohişidan kelib çiqib örnatadi. Çiptalar buyurtmaçi taqdim etgan röyxat asosida yoziladi.