2018 yilda Özbekiston qonuniy tartiblarga itoat etiş borasida dunyodagi 142ta davlat orasida 7-örinda qayd etilgan. AQŞning Gellap instituti tomonidan «Qonuniy tartiblarga itoat qiliş indeksi» mavzusida 2019 yilda e'lon qilingan tadqiqot natijalari şundan darak bermoqda.

Albatta, xalqimiz buyuk tarixiy madaniyatga ega el sifatida qonun va tartiblarga, ayniqsa, jamoatçilik tartibiga rioya etadi, ayrim qöşni davlatlar fuqarolari kabi ommaviy tartibsizlik va davlat xizmatçilariga nisabatan agressiv munosabat bizda odatda kuzatilmagan.

Biz haqli ravişda faxrlanadigan barqarorligimiz va xotirjamligimizni ta'minlaşda, albatta, içki işlar organlarining ham roli katta.

Biroq sönggi yillarda ayrim taşvişli holatlar ham közga taşlanmoqdaki, bu haqida ortiq jim turiş mumkin emas.

Bugun ijtimoiy tarmoqlar hayotimizga jadal sur'atda kirib kelib, şunçalar tez singişib ketdiki, undagi jarayonlar köp örinda bizning ma'naviy-axloqiy qiyofamizni belgilab beryapti, közgu tutmoqda.

Xöş, «oyna»da nimalarni köryapmiz: fuqarolarning içki işlar, tibbiyot umuman davlat xizmatçilariga nisbatan tajovuzkor munosabati, ur-yiqit, döpposla...

Uşbu tartibsizliklarni qilgan fuqarolarni oqlaşga, tajovuzga uçragan davlat xizmatçilarining özini aybdor qilişga urinişlar esa bu işlarni töğri va bundan keyin ham davom ettiriş mumkin degan notöğri xulosani keltirib çiqaryapti, tartibsizlik va tajovuzni yaşirin tarğib qilişdek bölyapti.

Içki işlar xodimi... ular xizmat maşaqqatini siz-u bizga qaraganda köproq tuşunadi, anglaydi. Ular balki ijtimoiy tarmoqda ötirib klaviatura bilan özini himoya qilişga vaqti yöqdir, ammo tartibni, kelajakni himoya qiliş mas'uliyatini yaxşi his etadi. Xöş, ular şunday noxolis munosabatga loyiqmi?

Jamiyatda barqarorlikni ta'minlaş har qanday islohot uçun ustun, asosdir. Buni unutmasligimiz lozim. Faqat barqaror, tinç, xalq va davlat uyğunlikda mavjud bölgan jamiyatdagina islohot, yangilik, taraqqiyotga intiliş kabi maqsadlardan ma'no topsa böladi. Iqtisodiyotni yuksaltiriş asosi bölgan investitsiyalarmi, turizmmi, tadbirkorlikni rivojlantirişmi yoki mulkni himoya qilişmi – qaysi sohada bölmasin rivojlaniş faqat tinçlik va barqarorlik şaroitidagina mumkindir.

Latinobarómetro agentligi tomonidan 18ta Lotin Amerikasi davlatlarida ötkazilgan örganiş natijalariga köra, ularning 12tasida bugungi kunda jinoyatçilik, qotillik va işsizlik avj olgan.